calendar 27 Iyun 07:43

KONSTITUTsIYa – XАLQIMIZ TАFАKKURINING KOʼZGUSI

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan “Konstitutsiya – xalqimiz tafakkurining koʼzgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

 

Partiya faollari, institut professor oʼqituvchilari hamda talabalar ishtirok etgan tadbirda Bosh qomusimizning takomillashtirilishi inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʼminlashga xizmat qilishi haqida soʼzlandi.

 

 

Tadbirda soʼzga chiqqan Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining faol aʼzosi, QarMII professori Shuhrat Murodovning tʼkidlashicha, xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, shuningdek Davlatimiz Rahbarining Komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda "insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʼururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi oʼrinda turishi kerak" degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib "Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tayyorlandi.

 

 

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyamizning 60 dan ortiq moddalariga 200dan ortiq tuzatishlarni nazarda tutmoqda. Konstitutsiyaga oʼzgartishlar "inson-jamiyat-davlat" printsipiga asoslangan boʼlib, milliy konstitutsiyaviy oʼzlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyamizning barcha boʼlimlariga tub oʼzgartishlar kiritishni nazarda tutadi.

 

Shuningdek, tadbirda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi boʼyicha bildirilayotgan takliflar haqida ham soʼz yuritildi.

 

 

Yakunda ishtirokchilar oʼz takliflarini bildirishib, oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

birds birds