calendar 30 May 09:28

TANLOV E'LON QILINADI

Tanlovga ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi startaplar joriy yilning 2 iyun' kuniga qadar qabul qilinadi. Bunda, quyidagi yo‘nalishlardagi startaplarga ustuvorlik beriladi:

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda “yashil” texnologiyalarni joriy etish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tadbiq etish;

suv tejamkor texnologiyalarning samarali texnologiyalarini joriy etish;

chiqindilarni qayta ishlash samaradorligini oshirish;

organik mahsulotlar ishlab chiqarish;

biologik xilma-xillikni asrash;

Loyihalarni baholashda ularning innavasionligi, texnika va xujjatlarning joriy etishga tayyorligi, xarajatlarni qoplash muddatlari,   investision jozibadorligi, marketingi, moliyaviy rejalari va boshqa me'zonlari e'tiborga olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:

• startap muallifining arizasi;

• startap pasporti (tavsifi);

• xarajatlar smetasi;

• startap biznes-rejasi;

• startap taqdimoti (5 ta slayd orqali, video ham bo‘lishi mumkin).

Startaplarga tegishli xujjatlar to‘plami green@parliament.gov.uz elektron pochta yoki 998 97 477 43 41 telegram nomeri orqali qabul qilinadi.

Joriy yil 4 iyun' kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi binosida
5 iyun' – Xalqaro atrof muhit kuniga bag‘ishlangan “Ekologik startaplarni hayotga tadbiq etish” mavzusida o‘tkaziladigan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida startaplarning ko‘rgazmasi tashkil etiladi hamda tanlov natijalari e'lon qilinadi. 

Tashkiliy qo‘mita telefon raqamlari: 71 239 26 06; 71 239 85 36

Telegram:  998 97 477 43 41

birds birds