calendar 02 Noyabr 06:49

Maktablarda Ekologiya yo‘nalishi sardorlari

O‘lkamizga kuz faslining kirib kelishi, ajoyib manzaralardan bahra olish uchun juda qulay fursat sanaladi. 

 

Ammo ba’zida bunday manzaralar ortidan dilni xira qiluvchi ayrim holatlar ham uchrab turadi. Bu albatta, xazonlar bilan bog‘liq.

 

Ekologik partiya Namangan shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” yetakchisi Xolida Nurmatova tomonidan Namangan shahar 51-umumta’lim maktabi hududi atrofidagi “Yoshlar” bog‘ida kuzgi xazonrezgilik bo‘yicha tabiat qo‘ynida tadbir o‘tkazildi.

Maktab o‘quvchilari orasida “Atrof muhit ekologlarga muhtoj” nomli tanlov joriy etilgan bo‘lib, o‘quvchilardan “Ekologiya” yo‘nalishi sardorlari tayinganligi  juda quvonarlidir.

 

Mazkur tadbirda 15 nafardan ziyod o‘quvchi yoshlar ishtirok etib, atrof-muhit ozodaligiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

birds birds