calendar 15 Oktabr 14:14

“Telecom innovations” MChJ da

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov saylovchilar bilan uchrashish uchun Navoiy viloyatiga yetib keldi.

 

Nomzod Navoiy viloyatiga safarini Navoiy “Erkin iqtisodiy zonasi”da joylashgan “Telecom innovations” MChJ faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Qo‘shma korxona mas’ullari N.Oblomurodovni korxona faoliyati bilan tanishtirdi. Korxonaning tashkil bo‘lishi, amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

 

“Telecom innovations” MChJ qo‘shma korxonasining asosiy faoliyat turi, telekommunikatsiya, ma’lumot uzatish, axborot-kompyuter tizimlari, radio va televidenie uchun uskunalarni va elektron vositalarni ishlab chiqarish, loyihalash, takomillashtirish va amalga joriy qilishdan iborat.

 

Bugungi kunda MChJ “TELECOM INNOVATIONS” QKda ishlab chiqarish sexi va 13 ta bo‘limlar mavjud bo‘lib, 85 nafar xodim hamjihatlikda ishlab kelmoqdalar. Shulardan 17 nafari boshqaruv xodimlari, 68 nafari mutaxassis va ishchilardir. 

So‘nggi yillarda qo‘shma korxona rivojlanishi natijasida 45 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi.

 

Ishlab chiqarish salmog‘ini oshirish, zamonaviy telekommunikatsion qurilamalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, chet el yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinib, qo‘shma korxona xodimlari malakasi oshirildi. Bundan tashqari 5 nafar mutaxassislar chet elda uzoq muddatli malaka oshirib keldi. Hozirgi paytda rahbar xodimlar yiliga bir marotaba, mutaxassilar esa uch yilda bir marotaba maxsus o‘quv kurslarida ishtirok etib , malaka oshirib kelmoqdalar.

 

Bundan tashqari qo‘shma korxona tomonidan ishlab chiqarilgan telekommunikatsion maxsulotlarga kafolat muddati davrida va undan keyin ham servis xizmatlari ko‘rsatib kelmoqdamiz.

Shuningdek, qo‘shma korxonada ishlab chiqarishni uzluksiz davom ettirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlarini ko‘paytirish borasida ham bir nechta loyihalar ustida amaliy ishlar bajarilmoqda.

 

 “O‘zbektelekom” AK tomonidan yil boshidan buyon aholiga, ijtimoiy soha muassasalariga, biznes sub’ektlariga va ishlab chiqarish sohalariga GPON texnologiyasida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish imkonini yaratish maqsadida optik aloqa kabellari yotqizish ishlari jadal olib borilayotganligini inobatga olib, optik tolali aloqa liniyalari uchun splitterlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Splitterlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilishi natijasida, ishlab chiqariladigan splitterlarning mahalliylashtirish darajasi 51 foizga yetkaziladi va shu bilan birga ushbu mahsulotlarning importi ikki barobarga qisqartirilishiga erishildi. 

 

- Optik aloqa tarmog‘i uchun splitterlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida, uning import butlovchi qismlari, hamda plastmassa qismlarini ishlab chiqarish uchun press-formalar keltirilib, yangi loyiha o‘zlashtirildi.

 

- Davlat buyurtmasi talablariga muvofiq bo‘lgan Monoblok kompyuterlari ishlab chiqarish loyihasi ustida amaliy ishlar bajarilmoqda. Bugungi kunda import butlovchi qismlar keltirilib, ishlab chiqarish boshlab yuborildi.

 

Bundan tashqari qo‘shma korxonada ishlab chiqarilayotgan telekommunikatsion qurilmalarning plastmassa qismlarini ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds