calendar 06 Noyabr 09:18

Yangi Andijon massivida

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab ko‘chat ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bu borada andijonliklar ham shijoat ko‘rsatmoqda.

 

Ma’lumki, Andijon viloyati O‘zbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yog‘indan, tog‘lardagi ko‘p yillik qor va muzliklardan suv oladi.

Tuprog‘i bo‘z, qo‘ng‘ir, o‘tloqi, o‘tloqi-botqoq. Iqlimi  esa keskin kontinental, quruq. Tog‘ tizmalari Farg‘ona vodiysini sovuq havoning kirib kelishidan to‘sib turgani uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror.

Bugun erta tongdan viloyat markazining yuqori qismidagi Yangi Andijon massivida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida massivning 93 gektar yer maydoniga 3 mingdan ziyod pavloniya va anor daraxti ko‘chatlari ekildi.

 

Daraxtlarni ekish ishlari maxsus agrotexnik qoidalarga amal qilingan holda amalga oshirilmoqda.

Ekilgan ko‘chatlarni vaqtida sug‘orilib, agrotexnika talablari asosida parvarishlash ham muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan olib qaraganda, daraxtlarni parvarishlash bo‘yicha ham muhim choralar belgilandi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds