calendar 06 Iyul 14:31

Chilonzor tumanida konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan davra suhbati oʼtkazildi

Bugun poytaxtimizning Chilonzor tumani “Xalqlar doʼstligi” mahalla fuqarolar yigʼinida Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Chilonzor tumani partiya tashkiloti tashabbusi bilan "Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasiga bagʼishlangan davra suhbati boʼlib oʼtdi. 


Ochiq muloqot shaklida oʼtkazilgan tadbirda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Chilonzor tumani partiya tashkiloti vakillari, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari, partiyaning BPT aʼzolari va “Xalqlar doʼstligi” raisi, mahalla ahli hamda faollari ishtirok etdi.


Samimiy vaziyatda oʼtkazilgan uchrashuvda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Chilonzor tumani partiya tashkiloti raisi Muqaddas Tursunova va Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Аbdurasul Muminov mamlakatimizda olib borilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Konstitutsiyaga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish mamlakatimizda inson qadrini ulugʼlash kabi ezgu maqsadga erishishga yoʼl ochib berishini batafsil soʼzlab berdi.


 Soʼzga chiqqan mahalla raisi va faollari Konstitutsiyaga taklif qilinayotgan fikrlarni, mamlakat rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatni qoʼllab-quvvatlashlarini bayon qildilar.

 

 

 Oʼzbekiston Ekologik partiyasi 

 Chilonzor tumani partiya tashkiloti

birds birds