calendar 25 Yanvar 05:29

Yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi

Kecha O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi majlislar zalida Zoom ilovasi orqali Andijon viloyatidagi tuman, shahar partiya tashkilotlari tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya tashkilotlari tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar, partiyaning saylovoldi dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi, yutuq va kamchiliklar ko‘rib chiqildi.

 

Kunning ikkinchi qismida esa Namangan viloyatidagi tuman, shahar partiya tashkilotlarining o‘tgan yilgi faoliyati tahlil qilindi.

Yig‘ilishda partiya faoliyatini rivojlantirish, a’zolarni jalb qilish, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tuman va shahar partiya tashkiloti raislari keskin tanqid qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda joriy yilda partiya faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

birds birds