calendar 15 Oktabr 16:19

15 oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni

Mazkur sana munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi yurtimiz qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan barcha xotin-qizlarni 15 oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

 

Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi yig‘ilishida qishloq ayollarining, shu jumladan, tub aholining qishloq xo‘jaligini va qishloq tumanlarini rivojlantirishni jadallashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi roli tan olinib, 15 oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida rasman e’lon qilingan. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida ushbu bayram keng nishonlanib kelinmoqda.

 

Qishloqdagi ayollar uy-ro‘zg‘or ishlari, asosiy xizmat vazifalaridan tashqari tomorqalarida qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanadilar, farzandlarini mehnatga o‘rgatadilar. Shu bois, mazkur bayram jahon mamlakatlaridagi mehnatkash, bag‘ri keng va fidoiy qishloq ayollariga bag‘ishlangan.

 

Sizlarning barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga, ulkan xirmonlar yaratilishiga, aholimiz dasturxoni to‘kisligini ta’minlashga hissa qo‘shishdek savobli ishlarda hech qachon tolmang.

birds birds