calendar 13 Iyul 12:18

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi Chilonzor tumanida

Bugun Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Chilonzor tumani partiya tashkiloti tomonidan poytaxtimizning 34-sonli oilaviy poliklinikasida "Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning ishtirokini taʼminlash" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 


Unda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Chilonzor tumani partiya tashkiloti, “Аyollar qanoti” faollari, partiyaning BPT aʼzolari, 34-sonli oilaviy poliklinikasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar xodimlari ishtirok etdilar.

 


Davra suhbatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish boʼyicha tuzilgan milliy komissiya, uning vazifalari xususida batafsil soʼz yuritildi. Tadbirda soʼzga chiqqan Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Chilonzor tumani partiya tashkiloti raisi Muqaddas Tursunova hozirgi davrda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi, ayniqsa, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanayotganligini taʼkidladi.

 


Yangi Oʼzbekistonning rivojlanish strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ularning mazmun-mohiyati boʼyicha atroflicha maʼlumot berildi, xususan, Bosh qomusimiz boʼlgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar, bu jarayonda faol ayollarning ham fikr-mulohazalari muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida taʼkidlab oʼtildi.

 


Davra suhbati yakunida xotin-qizlar mavzu yuzasidan oʼz taklif va mulohazalarini bildirishdi, amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq emasliklarini, ushbu muhim jarayonda bundan keyin ham faol ishtirok etishlarini maʼlum qilishdi.

 


 Oʼzbekiston Ekologik partiyasi 

 Chilonzor tumani partiya tashkiloti

birds birds