calendar 21 Iyul 12:04

Konstitusiya — xalqimiz tafakkurining ko‘zgusi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev ishtirokidagi Konstitusyaviy islohotlarga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi madaniyat uyida bo‘lib o‘tdi. 

“Konstitusiya — xalqimiz tafakkurining ko‘zgusi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni loyihasi xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, shuningdek, Davlatimiz Rahbarining Komissiya a’zolari bilan uchrashuvda “insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak” degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib tayyorlangani ta’kidlab o‘tildi.

 Konstitusiyaviy qonun loyihasida Bosh qomusimizning 60 dan ortiq moddalariga 200dan ziyod tuzatishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu o‘zgartishlar “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy o‘zlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitusiyamizning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi.

 Bosh qomusimizga kiritilayotgan tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanishi alohida qayd etildi.

Yangi qonun loyihasida O‘zbekiston huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy demokratik davlat sifatida belgilanayotgani, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamlarining huquqlarini konstitusiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirishi tushuntirib o‘tildi.

 

birds birds