calendar 04 Iyul 07:18

YANGILАNАYOTGАN KONSTITUTSiYADА EKOLOGIK KАFOLАTLАR IFODАSI

Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimligi binosida Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi tomonidan “Yangilanayotgan Konstitutsiyada Ekologik kafolatlar ifodasi” mavzusida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati oʼtkazildi. 

 


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.А.Аbduxalimov , , Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʼrinbosari Аbdushukur Xamzaev, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti raisi Baxtiyor Аbdullaev, viloyat partiya tuman (shahar) Kengashlari xodimlari, faol aʼzolar, viloyat hamda OАV ishtirok etgan davra suhbatida “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi haqida batafsil maʼlumot berildi.

 


Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish, umumxalq muhokamasi jarayonlarini samarali oʼtkazish boʼyicha taklif va mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi. 

 

 

Yakunda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, davlat va jamiyat taraqqiyotiga daxldor bir qator takliflari olindi.

birds birds