calendar 25 Iyul 12:22

Konstitutsiyaviy islohotlar yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni loyihasini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida “Konstitusiya - xalqimiz uchun hayot, taraqqiyot va adolat qomusidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev, Toshkent shahar va tuman partiya tashkilotlari vakillari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi rahbariyati va xodimlari, ijtimoiy soha vakillari, partiyaning BPT a’zolari ishtirok etishdi.

Tadbirni Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi direktori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova ochib berib, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan mazkur markaz xodimlari uchun Konstitusiyaviy islohotlar bo‘yicha bir qator ma’lumotlar yetkazish uchun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari A. Hamzayev tashrif buyurganiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

So‘ngra  O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari A. Hamzayev so‘zga chiqib, keyingi yillarda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadiga aylanayotganini, Xalqimizni rozi qilish, turmush farovonligini yuksaltirish, farovon kelajagini ta’minlashga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlar jamiyatda inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilayotganini, bugun mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ro‘y berayotgan muhim konstitusiyaviy yangilanishlar ham qator ijobiy jihatlari bilan beqiyos ahamiyat kasb etayotganligi, hamda asosiy qonunimiz mamlakatni har tomonlama isloh etish, fuqarolarimizning tinch-osoyishta hayotini ta’minlash, jamiyatda huquqiy tafakkur va madaniyatni yuksaltirishning mustahkam poydevori ekani, konstitusiyaviy islohotlar taraqqiyotimizning yangi davrini boshlab berishini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, konstitusiyaviy islohotlarning ahamiyati, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos va ishonchli kafolat yaratish haqida tegishli tushuntirishlar berildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarning barcha qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javoblar berildi.

Ular tomonidan qonun loyihasini kengroq targ‘ib qilish, qolaversa qabul qilingan qonunlarning ijro choralarini xam kuchaytirish kabi takliflar konstitusion komissiyaga taqdim qilish uchun yozib olindi.

birds birds