calendar 21 Iyul 07:13

Yangilanayotgan Konstitutsiyada Ekologik kafolatlar ifodasi

Bugun Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyati partiya tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi Samarqand viloyati boʻlimida “Yangilanayotgan Konstitutsiyada Ekologik kafolatlar ifodasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Abdushukur Hamzayev ishtirok etgan tadbirda Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng koʻlamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʼminlash kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirayotgani taʼkidlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida soʻz yuritilib, ushbu qonun loyihasi “insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi oʻrinda turishi kerak” degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib tayyorlangani aytildi.

Jumladan, ushbu qonun loyihasidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar avvalo “inson qadri uchun”degan tamoyilni roʻyobga chiqarishga qaratilgan boʻlib fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytiradi.

Qayd etilishicha, fuqarolarimizdan kelib tushgan eng koʻp takliflar, aynan insonning shaxsiy huquq va erkinliklarini kafolatlashni jiddiy ravishda kuchaytirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻz navbatida loyiha bilan Konstitutsiyamizning mazkur masalaga bagʻishlangan normalari ham tubdan takomillashtiriladi.

Tadbirda shuningdek, har bir inson ushbu hujjatni meniki, Mening Konstitutsiyam degan holda mazkur jarayonlarda faol ishtirok hamda oʻz takliflarini bildirishi muhim ekanligi tushuntirildi.

birds birds