calendar 06 Iyul 04:39

Yangilangan Konstitutsiya – farovon hayotimiz kafolati

Qarshi tuman hokimligida “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchlar kiritish toʼgʼrisida"gi Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi doirasida ochiq muloqot oʼtkazildi.

 

 

Tuman hokimligi xodimlari, korxona-tashkilotlar mutasaddilari, mahallalardan vakillar ishtirok etgan ochiq muloqotda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi Nosir Halimov ham ishtirok etib, Konstitutsiyaviy islohotlar haqida ishtirokchilarga tushuncha berdi. 


 
Taʼkidlanishicha, Konstitutsiyaga kiritiladigan barcha tuzatish va qoʼshimchalar mamlakatimizning 14 ta hududiy birligidan iborat yagona davlatni, millati va elatidan qatʼi nazar, yagona va qudratli Oʼzbekiston xalqini yanada jipslashtiradi hamda ulugʼvor maqsadlar sari safarbar etadi.

 

 

Shuningdek, fuqarolar ushbu jarayondagi ishtiroki bilan oilasi, farzandlari mana shu muqaddas zaminda yanada erkin va farovon yashashi uchun mustahkam poydevor yaratishga oʼz hissalarini qoʼshishi mumkinligi aytildi.

 

Yakunda davlat va jamiyat taraqqiyotiga daxldor bir qator takliflar olindi.

birds birds