calendar 07 Noyabr 09:13

Toshkent shahridagi Inha universiteti va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi

2021 yil 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Ekologik partiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini muhokama qildilar va o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladilar.

 

t.me/Hokimiyat_MirzoUlugbek

birds birds