calendar 26 Iyul 13:10

Aholining ehtiyojmand qatlamlarining huquqlari Konstitutsiya bilan kafolatlanadi

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etmoqda. Navbatdagi tadbir Termiz shahridagi Matbuot uyida o‘tkazildi.

“Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar — huquqlarimiz kafolati” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining xotinqizlar faollari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, unda xususan, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirish bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, loyihada ta’limni, ilm-fanni, millatni va xususan, yoshlarni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvatlashning aniq konstitutsiyaviy kafolatlari nazarda tutilayotganligiga ham e’tibor qaratildi.

A. Hamzayev fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan takliflar haqida gapirar ekan eng ko‘p takliflar, aynan insonning shaxsiy huquq va erkinliklarini kafolatlashni jiddiy ravishda kuchaytirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.

birds birds