calendar 24 May 14:48

“Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi jamoatchilik nazoratida


Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan hududiy partiya tashkilotlari raislari ishtirokida (ZOOM ilovasi orqali) yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “5 iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida keng miqyosida o‘tkazilishi va unga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tumanlarida joriy yilning 25 maydan - 25 iyungacha “Yashil makon” umummilliy loyihasining ijrosi jamoatchilik nazoratida” mavzusida ekologik targ‘ibot va jamoatchilik nazorati chora-tadbirlar oyligini o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Ushbu oylik davomida barcha hududiy partiya takilotlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi jamoatchilik nazoratida” mavzusidagi ekologik targ‘ibot va jamoatchilik nazorati oyligini tashkil qilish bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqiladi.
Chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra partiya faollari, faol nuroniylar, mahalla faollari, ekologiya, o‘rmon xo‘jaligi, obodonlashtirish va maishiy chiqindilarni olib ketadigan korxona vakillari hamda ekopartiyadan saylangan deputatlardan iborat ishchi guruh tuzilib, ushbu ishchi guruh tomonidan quyidagi amalga oshiriladi:

 


- hududlardagi ekologik muammolarni o‘rganish hamda joylardagi hamkor tashkilotlar bilan ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- mavjud (qimmatbaho) daraxt va butalarni davlat muhofazasiga olinganligini o‘rganish;
- o‘simlik dunyosi ob’ektlariga bo‘lgan tajovuzkor harakatlar, shu jumladan daraxtlarni noqonuniy kesilishini oldini olish;
- haqiqiy ekilgan ko‘chatlar va ularni parvarish qilish tizimini jamoatchilik nazoratiga olish, qurigan ko‘chatlar ro‘yhatini shakllantirish;
- ekilgan daraxt va butalarning sug‘orish tizimlarining yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganish;
- mavjud va yangidan barpo etiladigan yashil maydonlarga ma’sullarni biriktirilganligi va ular tomonidan olib borilgan ishlarni jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib boriladi.
Yig‘ilishda shuningdek, targ‘ibot tadbirlarini olib borish, a’zolar safini kengaytirish, partiya faoliyatini OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar berildi.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Markaziy Kengashi matbuot xizmati

birds birds