calendar 22 Iyul 14:05

Konstitusiyaviy islohotlar madaniy va ekologik huquqlarimizni ta’minlashga xizmat qiladi

Navbatdagi Konstitusiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri Buxoro ixtisoslashtirilgan  “Jayron” pitomnigida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, globallashuv jarayonlarining tezlashuvi hamda mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti qonunlarining faollashuvi amaldagi konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni hayotiy zaruratga aylantirgani ta’kidlandi.

Konstitusiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan normalarga aylanishi alohida qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan bir qator taklif va fikrlar bildirildi.

birds birds