calendar 06 Iyul 05:14

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni 15 iyulga qadar davom etadi

Mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarda aholi tomonidan bildirilgan takliflarning tahlili xalqimizning mamlakatda boʼlayotgan keng koʼlamli oʼzgarishlarga befarq emasligini, fuqarolar islohotlarning faol ishtirokchisi boʼlishga intilayotganligini koʼrsatmoqda.

 


Mazkur siyosiy jarayon jamiyatning barcha toifalari takliflarini oʼrganish va qabul qilish bilan boshlanganligi ham mamlakatimizda inson manfaatlari birinchi oʼringa qoʼyilganini anglatadi.

 


Xususan, joriy yilning 4 iyulь kuni Toshkent kimyo texnologiyasi institutida "Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchlar kiritish toʼgʼrisida"gi Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi doirasida “Konstitutsiyaviy islohotlar: Oʼzbekiston Ekologik partiyasining oʼrni va maqomi” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

 


Unda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Toshkent shahar va Shayxontoxur tumani Kengashi vakillari, Toshkent kimyo texnologiyasi instituti rahbariyati, oʼqituvchilari va talabalari, partiyaning BPT aʼzolari hamda faollari ishtirok etdilar.

 


Tadbirni Toshkent kimyo texnologiyasi instituti Prorektori Xayrulla Pulatov kirish soʼzi bilan ochib, yurtimizda olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlar, qolaversa Bosh qomusimiz Konstitutsiyaga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilayotganligi taʼlim sohasida faoliyat olib boradigan fuqarolarni quvontirganini aytdi. 

 


Shundan soʼng, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʼrinbosari Аlijon Jalilov oʼz maʼruzasida Oʼzbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar markazida inson qadrini ulugʼlashga qaratilgan ezgu gʼoya mujassamligini gapirib, inson munosib sharoitda taʼlim-tarbiya olib, farovon hayot kechirgan taqdirdagina jamiyat va davlat uygʼunlikda barqaror rivojlanishini taʼkidlab oʼtdi.

 


Shuningdek, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayzieva va Xalq deputatlari Shayxontoxur tumani Kengashi deputati Saidrasul Rasulevlar Konstitutsiyaga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha umumxalq muhokamasi joriy yilning 15 iyulь kuniga qadar davom etishini va Bosh qomusimizga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha takliflarni “Mening konstitutsiyam” platformasi qabul qilayotganligi, shuningdek, telegram maxsus boti orqali oʼz fikr-mulohazalarini yuborishlari mumkinligi toʼgʼrisida maʼlumotlar berib, bildirilgan takliflar tegishli tartibda Respublika ishchi guruxiga taqdim etilishini taʼkidlab oʼtishdi. 

 


Tadbir soʼngida institut oʼqituvchilari hamda talabalari oʼzlarining fikr va mulohazalarini bildirib, 10 ga yaqin takliflarini berdilar.

 

 

Oʼzbekiston Ekologik partiyasi 

Toshkent shahar partiya tashkiloti

birds birds