calendar 18 Aprel 10:02

N. Oblomuradov Yakkabog‘ tumanida terak qalamchalarini ekish tadbirida ishtirok etdi va jarayonlar bilan bevosita tanishdi

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov xizmat safari bilan Qashqadaryoda bo‘lib turibdi

 

Ma’lumki, Prezident Sh. Mirziyoev raisligida  joriy yilning 7 - aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aprel oyi yakuniga qadar viloyat hokimlari tegishli idoralar bilan birga mahallalar va avtomobil yo‘llari bo‘yiga terak ko‘chatlari va qalamchalari ekishni tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan edi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Yakkabog‘ tumanidagi «Nurli yo‘l» MFYda bo‘lib, terak qalamchalarini ekish tadbirida ishtirok etdi va jarayonlar bilan bevosita tanishdi.

Tadbir davomida nuroniy otaxonlar, tuman hokimligi vakillari, ekologlar, yosh ekopatrullar suhbatlashib, ko‘chat ekish va parvarishlashdek savobli ishga har bir yurtdoshimiz fidoiylik va mas’uliyat bilan yondoshib, hissa qo‘shsa, ona diyorimiz chin ma’noda yashil makonga aylanishini ta’kidladi hamda mas’ullarga ekilayotgan terak qalamchalarini  o‘z vaqtida sug‘orish, parvarishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

birds birds