calendar 20 Oktabr 16:42

Ekologik partiyalar hokimiyatni qo‘lga kiritishadimi?

Dunyoda ekologik partiyalar aksariyat holatda “Yashillar partiyasi” deb atalib, borgan sari  parlamentlarda ularning o‘rni ortib bormoqda. Hozirgi kunda “Yashillar partiyasi” birorta mamlakatda xokimiyat tepasiga chiqmagan bo‘lsada, yildan yilga ularning ahamiyati ortib borayotir.

 

Masalan, Litvaning “Yashillar partiyasi” 2011 yilda tashkil etilgan, lekin uning rahbari Linas Balsis mustaqil deputat sifatida parlament mandatiga ega. Fransiyaning Ekologiya partiyasi  2017 yilgi parlament saylovlarining birinchi bosqichida 4,3% ovoz to‘plagan edi. Saylovlarning ikkinchi turida  u to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Gresiyada «Ekologik Yashillar» bloki 2015 yilda parlamentda bitta o‘ringa ega bo‘lganbo‘lsa,  Irlandiyada, 2016 yilgi saylovlarda Yashillar partiyasi  parlament saylovlarida ikkinchi o‘rinni egalladi.   Norvegiyada, 2017 yilgi saylovlarda, Yashillar va  Atrof -muhit partiyasi milliy parlamentda 3,2% ovoz olgan. 2019 yilda  Yevropa yashillar partiyasi  (European Green Party) saylovlarda 11,4 %, 2021 yildagi saylovlarda  Germaniya Yashillar partiyasi (Alliance ’90/The Greens) 15,4%,Finlyandiya Yashillar partiyasi (The Green League)  2019 yildagi parlamentga saylovlarda 11,5%,  Avstriya Yashillar partiyasi (The Greens – The Green Alternative) 13,9%, Respublikamizda eng yosh bo‘lgan O‘zbekiston ekologik partiyasi esa  10% ovozga ega bo‘lgan edi.

 

Ko‘rib turganingizdek,  yildan yilga jahonda Yashillar partiyasining dunyo parlamentlaridagi o‘rni ortib bormoqda. Bu esa jahon hamjamiyatining bugungi kundagi ekologik muammolarga befarq bo‘lmayotganligini anglatadi.

 

Vaqti kelib albatta Ekologik partiyalar hukumat tepasiga chiqishadi. Chunki ekologik muammolar nafaqat tabiat, balki insoniyatning sog‘lig‘i, hayotiga xavf solishmoqda. Har bir mamlakatda ekologik siyosat ustivor bo‘lmas ekan, odamizot o‘zi o‘tirgan daraxtga bolta uraveradi.

 

Manba : @ekologuz telegram kanali

birds birds