calendar 28 Aprel 12:56

28 - APREL-“KIMYOVIY XAVFSIZLIK XALQARO KUNI!” “BOG‘OTIMIZ-YASHIL MAKONGA AYLANADI!”

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bog‘ot tuman Kengashi, Bog‘ot tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Bog‘ot tumanidagi 14 - sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi, O‘zbekiston Mudofasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Bog‘ot tuman bo‘limi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi qoshida tashkil qilingan “OROL” ashula va raqs ansambli  hamkorligida Bog‘ot tumanidagi 24- va 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim  maktablarida 28 – aprel -“KIMYoVIY XAVFSIZLIK XALQARO KUNI!” ga bag‘ishlab “BOG‘OTIMIZ-YASHIL MAKONGA AYLANADI!” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Kun tartibidagi  masala yuzasidan  O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bog‘ot tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi deputati  U.Ibrahimov  so‘zga chiqib,  har bir insonning kindik qoni tomgan joy uning vatani ekaniga alohida to‘xtaldi. Ana shu vatan tabiati beshta unsur: yer, suv, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosidan tashkil topganligi haqida aniq ma’lumotlar berildi. Inson yaralgan davrdan to bugungi kungacha o‘tgan  avlodlarimizdan  bizga meros musaffo tabiatni o‘z navbatida bizlar ham kelajak avlod egalariga bus-butunligicha topshirishimiz ham farz ham qarz ekani yana bir bor ta’kidlab o‘tildi. Ayniqsa, Davlatimiz rahbari boshlagan “Yashil makon” va “Yashil yillik” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari va turli xil gullar hamda cho‘l hududlariga mos o‘simliklar ekilishi tashabbusini  Yaratganning o‘zi qo‘llab bu yilimiz ser yog‘in kelganligi orzularimiz ijobatidan darak. Tabiatni asrash har bir fuqaroning Konstitutsiyaviy burchi ekanligi va ana shu maqsad yo‘lida barchaning bir tanu bir jon bo‘lib jipslashishi taklif qilindi. Shundan keyin so‘z olganlar ona vatan tabiatini ko‘z qorachig‘idek asrash lozimligi to‘g‘risidagi taklif mulohazalarini bildirdilar.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi qoshida tashkil qilingan “OROL” ashula va raqs ansambli  badiiy rahbari, ustoz san’atkor, partiya faoli, Mo‘ynoq tumanida olib borilayotgan xayrli va savobli ishlarning doimiy ishtirokchisi Yo‘ldosh aka Tojiev so‘z olib  Orol dengizining salbiy oqibatlarini yumshatish borasida olib borilayotgan ulkan ahamiyatga molik ishlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi. Tadbirlar davomida berilgan savollarga to‘g‘ri javob qaytargan o‘quvchilarga partiya tomonidan tayyorlangan kitobchalar va partiya logotipi tushirilgan sovg‘alar topshirildi. Sermazmun va ta’sirchan tadbirdan ilhomlangan bir guruh tabiatsevarlar partiya a’zolari safiga qabul qilishni so‘rab arizalar bilan murojaat qildilar

Va nihoyat tadbirlarning hayojonli onlari yetib keldi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi qoshida tashkil qilingan “OROL” ashula va raqs ansambli tomonidan ijro qilingan kuy va qo‘shiqlar, surnay navolari mazmundor raqslarga ulanib ketdi,

 

Gulnora Sa’dullaeva

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bog‘ot tuman Kengashi “Ayollar qanoti” yetakchisi.

Muhabbat Abdullaeva

Bog‘ot tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

 

birds birds