calendar 22 Iyul 09:00

Ekologik huquqiy normalarni Konstitusiya bilan mustahkamlash

Buxoro viloyatining Jondor tumani hokimligida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev ishtirokida “Ekologik huquqiy normalarni Konstitutsiya bilan mustahkamlash” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Undada kenga jamoatchilik, partiya faollari, deputatlar, mutasaddi tashkilotlar xodimlari, olimlar, huquqshunoslar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Konstitutsiyamiz xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib etishdan maqsad, fuqarolarimizning ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat ekanligi aytib o‘tildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev so‘zga chiqib, asosiy qonunimiz bilan mamlakatimizda inson manfaatlarini ulug‘lashning huquqiy asosi yuksak darajada mustahkamlab qo‘yilganini barchamiz tushunib yetdik, ayniqsa, xalqimizning dardi, o‘y-tashvishlari tinglanayotgani, muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rilayotgani buning tasdig‘idir, deya ta’kidladi.

Shuningdek, tuman hokimi maslahatchisi Ra’no Raximova ham so‘zga chiqib, Jamiyat va davlat qurilishi tizimini takomillashtirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar “inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan bo‘lib, amaldagi konstitutsiyaning barcha bo‘limlariga tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi. Loyihada Konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ekologik masalalarga alohida urg‘u berilayotgani va bir qator ekologik huquqlarga oid normalar belgilanishi ko‘zda tutilayotgani bo‘yicha ishtirokchilarga ma’lumot berildi.

birds birds