calendar 28 Iyul 13:21

Maqsadlarimiz aniq, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p…

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev Namangan viloyatida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbirlardan so‘ng partiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tahlil qilish maqsadida viloyat hamda tuman (shahar) partiya tashkiloti xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda partiya faoliyati samaradorligini oshirish, jumladan, boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzish, a’zolar safini kengaytirish, hududlardagi ekologik muammolarni o‘rganish, mahalliy kengash deputatlari bilan yaqin hamkorlikda ishlash kabi ko‘plab masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish, partiyaning maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazish, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan partiya tashkiloti raislari jiddiy ogohlantirildi. Shu bilan birga, ishni samarali tashkil etgan va faollik ko‘rsatgan tuman (shahar) partiya tashkiloti raislari rag‘batlantirildi.

Maqsadlarimiz aniq, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p, kamchiliklarni barataraf etish har bir partiya vakilining fidoiyligi va o‘ziga bo‘lgan talabchanligiga bog‘liq, deya ta’kidladi A. Hamzayev.

Shuningdek, partiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

birds birds