calendar 19 Aprel 07:19

“Ekologik Nur” respublika ekologiyachilar forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ayollar va yoshlar bo‘limi va O‘zbekiston Yoshlar xarakati tashabbusi bilan “Ekologik Nur” respublika ekologiyachilar forumi 13 - 15 - aprel kunlari bo‘lib o‘tdi.

Forumda respublika bo‘yicha 100 dan ziyod yoshlar qatnashishdi.

Bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad aholini bugungi va kelajak avlodining qulay atrof-muhitga ega bo‘lishi, sog‘liqni saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga bo‘lgan huquqlariga rioya etilishiga hamda universitetda talabalarni ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va inson salomatligini saqlashdir.

Forumni so’ngi kunida yoshlar eko-aksiyalarda ishtirok etish istaklarini bildirishdi, hamda o‘z xohishlari bilan Ekopartiyaga a’zolikka qabul qilinib, a’zolik guvohnomalari va sovg‘alar topshirildi.22 - aprelgacha davom etadi.

 

O’zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

birds birds