calendar 29 Iyul 10:16

Konstitutsiyaviy islohotlar huquqlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayevning Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuvi Andijon viloti Jalaquduq tumanidagi 18-musiqa va san’at maktabida o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘zbek Yusupov, partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokama etilib, kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ularning ahamiyati va bugungi kunda muhimligi haqida so‘z yuritildi. 

Jumladan, kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar avvalo “inson qadri uchun”degan tamoyilni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirishi alohida qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirokchilar ushbu qonun loyihasi bo‘yicha o‘z taklif va fikrlarini bildirishdi.

birds birds