calendar 20 May 12:59

22 may — “Xalqaro biologik xilma-xillik kuni”

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan 22 may — “Xalqaro biologik xilma-xillik kuni” munosabati bilan Toshkent Botanika bog‘ida ekologik tadbir tashkil etildi.


Unda patiyaning Markaziy Kengashi, Toshkent shahri va tuman partiya tashkiloti vakillari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari unversiteti talabalari ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, 1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilingan bo‘lib, u bir yildan so‘ng xalqaro hujjat sifatida kuchga kirgan.


Ko‘plab muhim vazifalar belgilab berilgan mazkur Konvensiya bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.


Shu munosabat bilan har yili 22 may — Xalqaro biologik xilma-xillik kuni sifatida nishonlanib kelinadi.


Mamlakatimizda barqaror rivojlanish uchun biologik xilma-xillikni saqlab qolishning o‘ta muhimligiga alohida ahamiyat qaratilgan holda bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarga, shu jumladan, 1995 yilda Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyaga O‘zbekiston ham qo‘shilgan.


Tadbirda mamlakatimizda bioxilma-xillikni saqlash uchun muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish, ularni butligini saqlash hamda samarali faoliyat yuritishini ta’minlash dolzarb ekanligi ta’kidlandi.


O‘zbekiston davlat jahon tillari unversiteti talabalari ishtirokida Botanika bog‘i xududini maishiy chiqindilardan tozalash ishlari olib borildi. Faol qatnashgan talabalarga O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 



O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Markaziy Kengashi matbuot xizmati

birds birds