calendar 19 Oktabr 05:59

So‘x tumani saylovchilari bilan uchrashuv

Farg‘onaning So‘x tumani qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegaradosh, So‘x daryosi vodiysida joylashgan xushmanzara maskan. Tumanning eng katta boyligi bu – mehnatkash, azaldan mehmondo‘st, samimiy insonlaridir. Ekologik partiyadan Prezidentlikka nomzodning Farg‘ona viloyatidagi ishonchli vakili Sherzod Mustafakulov So‘x tumanining ana shunday hayotsevar insonlari - saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda iqtisodiyot, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligi, tashqi siyosat sohalariga oid yettita ustuvor yo‘nalishni qamragan saylovoldi dasturi mohiyati xususida so‘z borib, saylovchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi.

Dasturda barcha hududlar qatori Farg‘onani yashil taraqqiyot g‘oyalari asosida rivojlantirish va aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha belgilangan rejalar to‘g‘risida so‘zlandi.

 

Go‘zal tabiatli, saxovatli zamin ahli bilan uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi. 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds