calendar 06 Noyabr 09:22

Ekologik toza mahsulot

Ta’kidlash joizki, jahon bozorlarida ekologik toza mahsulotlarga bo‘lgan talab ortib borayotgan bo‘lsada, ularni ishlab chiqarish an’anaviy ishlab chiqarishga nisbatan katta xarajatlar sarflanadi. Jumladan, ekologik toza mahsulotlarning bahosi oddiy mahsulotlarga nisbatan 3-5 barobargacha qimmat turadi.

 

Organik dehqonchilikning o‘ziga xosligi shundaki, u an’anaviy dehqonchilikka nisbatan xarajatlarning yuqoriligi bilan farqlanadi. Organik mahsulotlar yetishtirishda ekologik toza havo, tuproq, suv va boshqa omillarning ahamiyati beqiyos va bevosita ana shu omillar bilan bog‘liqdir.

 

Ekologik toza mahsulot yetishtiriladigan yerlarda, avvalo, 3 yil davomida tozalash tadbirlari o‘tkazilishi talab etiladi. Shundan so‘nggina tuproq tekshirilib, organik-ekologik toza mahsulot yetishtirish uchun sertifikat beriladi.

 

Mahsulot yetishtirishda turli kimyoviy vositalar, mineral o‘g‘itlardan foydalanish va genetik jihatdan modifikatsiyalangan ekin navlarini ekish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Bunda bir qator agrotexnik tadbirlar qo‘l mehnati evaziga bajariladi. Shunday usulda yetishtirilgan mahsulotlar organik yoki ekologik toza mahsulot nomini oladi

birds birds