calendar 22 Fevral 06:17

"Dolzarb 15 kunlik" davom etmoqda

Joriy yilning 18 fevralь kuni Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Olmazor tuman partiya tashkiloti raisi Sh.M.Umarxodjaeva "Biz kelajak uchun javobgarmiz!" shiori ostida "Аholining ekologik madaniyatini oshirish" mavzusida "dolzarb 15 kunlik" targʼibot tadbiri ijrosini taʼminlash maqsadida tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman va viloya raxbarlari hamda TXKMR markazining xodimlari dotsent G.M.Israilova, M.V.Li, vrach radiolog O.Z.Karimov bilan birgalikda  davra suhbati oʼtkazdi. 

 

Tuman Ekopartiya raisi Shaxnoza Umarxodjaeva ishtirokchilarga hududlarning sanitariya holati taʼminlanishini va epidemiologik xavfsizlikka xavf soluvchi holatlarning oldini olish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratni kuchaytirish orqali atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlarining masʼuliyatini oshirish hamda ulgʼayib kelayotgan yoshlarda ekologik madaniyatini yuksaltirish  boʼyicha soʼzladi. 

Shu bilan birga, Oʼzbekiston Ekologik partiyasiga aʼzo boʼlish tartibi boʼyicha maʼlumotlar berildi.  Uchrashuv soʼngida SEO va JSXning Olmazor tumani b.boshligʼi O.K.Sultonov, Jizzax viloyati Gʼallaorol tumani s.b.mudiri B.B.Musaev, Аndijon viloyati boshqarmasi oʼrinbosari I.Z.Sotvoldiev ariza yozib Oʼzbekiston Ekologik partiyasiga aʼzo etib qabul qilindilar hamda Ekopartiya tomonidan ekologik muammolarni bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlarni yuqori baholab, kelgusida ushbu xayrli maqsad yoʼlida hamkorlikka tayyorligini taʼkidladilar.

 

Ekopartiya Olmazor tuman Kengashi

birds birds