calendar 22 Yanvar 12:24

Bugun tug‘ilgan kun!

Narzullo Naimovich Oblomurodov – O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisini tavallud ayyomi bilan qutlaymiz!

 

Narzullo Oblomurodov O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimida samarali faoliyat yuritdi. Partiyamizning mamlakat siyosiy maydonidagi o‘rni va nufuzini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shdi.

 

So‘nggi yilllarda mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarda, “Yashil makon” loyihasini chinakamiga xalq harakatiga aylantirishda Narzullo Oblomurodovning mehnati katta bo‘ldi.

 

Mohir rahbar, jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, bilim va salohiyatini namoyon etishlariga keng yo‘l ochmoqda.

 

Narzullo Oblomurodovni yana bir bor tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz. Uzoq umr, mustahkam sog‘lik-salomatlik, mamlakat ravnaqi yo‘lidagi barcha ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Hurmat bilan,

O‘zbekiston Ekologik partiyasi jamoasi

 

birds birds