calendar 14 Oktabr 15:05

Poytaxtimizning Mirobod tumanida saylovoldi tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 13 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Narzullo Oblomurodovning Respublika bo‘yicha ishonchli vakili Hayrullo Gapparov poytaxtimizda joylashgan M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialining majlislar zalida Mirobod tumani saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda YeXHT DIIHB xalqaro kuzatuvchilari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Toshkent shahar boshqarmasi vakillari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti xodimlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, partiya faollari, tuman ahli va OAV vakillari faol ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda ishonchli vakil X.Gapparov saylovchilarga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning tarjimai holi va saylovoldi dasturda belgilangan vazifalar, jumladan, mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash, “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish, qayta tiklanuvchi va muqobil energiyani rivojlantirish hamda iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, orol fojeasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi hududini yanada rivojlantirish, Davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-xuquq tizimida islohotlar samaradorligini oshirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan va madaniy–ma’rifiy sohalarni yanada rivojlantirish, tashqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi muhim ustuvor vazifalar bilan tanishtirib o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida Mirobod tumani saylovchilari o‘zini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmat

birds birds