calendar 21 Aprel 09:42

Xalqaro Yer kuniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya

21 - aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetining majlislar zalida “Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda tuproqlarning integrallashgan boshqaruvi va melioratsiyasi: yangi yondashuvlar va innovasion yechimlar” mavzusida ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan O‘zbekiston ekoharakati, Innovasion rivojlanish vazirligi, Sho‘rlangan yerlarda biodehqonchilik xalqaro markazi O‘rta Osiyo va Janubiy Kavkaz ofisi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va boshqa xalqaro va milliy tashkilotlar hamkorligida tashkil qilingan.

Konferensiyada O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda O‘zbekiston ekologik harakati vakillari ma'ruza bilan ishtirok etishdi.

 

 

 

birds birds