calendar 13 Iyul 06:02

Konstitutsiyaviy islohotlar – huquqlarimiz kafolati

Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Oʼzbekiston” mahallasida joylashgan Madaniyat uyi faollar zalida Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati partiya tashkiloti tomonidan “Konstitutsiyaviy islohotlar – huquqlarimiz kafolati” mavzusida tadbir tashkil etildi. 

 

 

Unda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati I.Yoqubov, Uzun tuman Mahalla va Nuroniylarni qoʼllab quvvatlash boʼlimi boshligʼi D.Safarova, Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyat mudiri Oʼ.Rajapovlar hamda Uzun tuman markazidagi mahallalar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

 


 
Tadbirda Konstitutsion islohotlarning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, undagi bob va moddalarga kiritilayotgan oʼzgarishlar fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini yanada mukammal taʼminlanishida muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

 

Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi Matbuot xizmati

birds birds