calendar 07 Iyul 10:22

Konstitutsiya — jamiyatimiz poydevoridir

Bugun Oʼzbekiston Ekologik Partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmitasi raisi oʼrinbosari Аbdushukur Hamzaev ishtirokida Mirobod tumani koʼp tarmoqli Markaziy poliklinikasida “Konstitutsiya jamiyatimiz poydevoridir!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

 


Unda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi aʼzolari, Toshkent shahar va Mirobod tumani partiya tashkiloti, Mirobod tumani hokimligi vakillari, partiyaning BPT aʼzolari, poliklinika rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirni koʼp tarmoqli Markaziy poliklinikasi Bosh shifokori Sherzod Xudoyberdiev ochib berib, Ekopartiya tashabbusi bilan tibbiyot sohasi vakillari uchun Konstitutsiyaviy islohotlar boʼyicha bir qator maʼlumotlar yetkazish uchun tashrif buyurishganiga oʼz minnatdorchiligini bildirdi.

 

Soʼng, Ekopartiya Markaziy Kengashi raisi oʼrinbosari А.Hamzaev tomonidan maʼruzalar qilinib, Konstitutsiyaning moddalariga kiritilayotgan oʼzgarishlar boʼyicha maʼlumotlar berib oʼtdi, jumladan 63-moddasiga kiritilayotgan oʼzgarishlar, Oila jamiyatning tabiiy va asosiy boʼgʼini, aholini saqlab qolish hamda koʼpaytirish negizi sifatida jamiyat va davlatning alohida muhofazasi ostida boʼlishi, nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi, davlat oilaning toʼlaqonli rivojlanishi uchun zarur boʼlgan ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratishi, davlat koʼp bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlaydi deb belgilab qoʼyilayotganligi boʼyicha tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berildi.

 


Oʼzbekiston Ekologik partiyasi 
Toshkent shahar partiya tashkiloti

birds birds