calendar 21 Iyul 09:08

Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat partiya tashkiloti Ijroiya qoʻmitasi raisi Q.Safayev Urganch Davlat Universitetining amaliyot oʻtayotgan talaba yoshlari bilan “Konstitutsiyaviy isloxotlar yoshlar nigohida” mavzusida uchrashuv oʻtkazdi.

Q.Safayev soʻzga chiqib, ilmli, zukko va yetuk yosh mutaxassislargina davlatni yetakchi, dunyoviy davlatlar qatoriga chiqarishi mumkin, bu borada Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan yoshlar huquqini yanada kafolatlashi mumkin degan fikrlarni bildirdi.

Talaba yoshlar Konstitutsiya demokratik tamoyillarga va inson huquqlari kafolatiga toʻla mos keladigan huquqiy hujjat boʻlishi toʻgʻrisida fikrlarini bildirib, qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar yuzasidan koʻplab taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.
 

birds birds