calendar 05 Avgust 14:31

  Yoshlarning ekologik madaniyatni yuksaltirish — eng muhim masalalardan biri

Nurafshon shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati partiya tashkilotining olti oylik faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kegashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent viloyati partiya tashkiloti xodimlari, mahalliy Kengash depututlari va tuman (shaxar) partiya tashkiloti raislari ishtirok etdi.

  Yig‘ilishda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini keng jamatchilikka yetkazish, hududlarda ekologik holatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yoshlar va aholining ekologik manaiyatini yuksaltirishga qaratilgan 205 ta tadbirlar o‘tkazilgani aytildi.

  Viloyat miqyosida aholi tomonidan noqonuniy chiqindixonalar, oqava suv tizimlarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan holatlar, daraxtlarning kesilishi va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha 50 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 80 foizi partiya vakillari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan. 

  O‘zbekiston Ruspublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlar Toshkent viloyatida ham keng ko‘lamda o‘tkazildi. Jumladan boshlang‘ich partiya tashkilotlarida 15 ta uchrashuvlar, aholi o‘rtasida 266 ta davra suhbatlari, mehnat jamoalarida 72 ta, mahallalarda 92 marotaba xalq bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.

  Uchrashuvlarda jami 6171 nafar mahalla faollari,  152 nafar deputatlar, 2196 nafar partiya faollari ishtirok etishdi.

   Yig‘ilishda A. Hamzayev so‘zga chiqib, partiya faolitini rivojlantirish, a’zolar safini kengaytirish, hududlardagi ekologik muammolarni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko‘rish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini ko‘paytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.

birds birds