calendar 04 Iyul 07:08

Yangilangan Konstitutsiya – farovon hayotimiz kafolati

Gʼuzor tumani Shoʼrtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining majlislar zalida “Yangilangan Konstitutsiya – farovon hayotimiz kafolati” mavzusida tadbir oʼtkazildi. 

 


Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat va Gʼuzor tuman Kengashlari tomonidan oʼtkazilgan tadbirda partiya xodimlari, "Yoshlar qanoti" yetakchisi, faol aʼzolar, Shoʼrtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi xodimlari hamda OАV ishtirok etdi. 

 


Dastlab, Oʼzbekiston Ekologik partiyasining maqsad va vazifalari haqida soʼz yuritilib, olib borilayotgan targʼibot tadbirlari, ulardan koʼzlangan maqsad haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, dunyoda va yurtimizda mavjud ekologik muammolar, ularning oldini olish boʼyicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga toʼxtalib oʼtildi. Soʼng “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi muhokamasi boʼyicha gapirildi.

 

 

Tadbirda taʼkidlanishicha, bosh qomusimizda inson huquqlariga va davlat suvereniteti gʼoyalariga sodiqlik tantanali ravishda eʼlon qilinib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyat oʼz aksini topgan. Respublikamizda fuqarolarning munosib hayot kechirishini taʼminlash, insonparvar demokratik huquqiy, ijtimoiy davlat barpo etishni koʼzlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini taʼminlash maqsadida Konstitutsiyamizga oʼzgartirish va qoʼshimcha kiritilmoqda.

 

 

Konstitutsiya - jamiyatning rivojlanishida ustun boʼlib xizmat qiladigan hujjat. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, rivojlanish, yuksalishlar davom etayotgan bir vaqtda Bosh Qomusimizda ham islohotlar olib borishni taqozo qiladi. Hozirgi kunga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha keng jamoatchilik tomonidan berilayotgan takliflarda “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida inson huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, taʼlim, ilm-fan sohalarini taraqqiy ettirish, xususiy mulk daxlsizligini yanada mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, oila institutini rivojlantirish, boy tarixiy va madaniy merosimizni munosib saqlab qolish, ekologik huquqlar va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan. 

 

 

 

 Yakunda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, davlat va jamiyat taraqqiyotiga daxldor bir qator takliflari olindi.

birds birds