calendar 28 Aprel 13:09

Talabalar O‘zbekiston Ekologik partiyasi faoliyati bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasiga Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyati filialida tahsil olayotgan bir qator talabalar tashrif buyurdi.

Talabalar dastlab O‘zbekiston Ekologik partiyasi ish faoliyati bilan tanishdi va shundan so‘ng ular ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida partiya Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Sanginov so‘zga chiqib, partiya tarixi, maqsad va vazifalari haqida talaba-yoshlarga so‘zlab berdi.

Shuningdek, talabalar ham o‘z fikirlarini bildirib, eko-aksiyalarda ishtirok etish istaklarini bildirishdi. Shu bilan birga partiyaga a'zo bo‘lish istagini bildirgan yoshlar a'zolikka qabul qilinib, a'zolik guvoxnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

birds birds