calendar 19 Aprel 16:13

Tuman (shahar) partiya tashkilotlari faoliyati jiddiy ko‘rib chiqiladi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi majlislar zalida hududiy partiya tashkilotlari raislari ishtirokida (ZOOM ilovasi orqali) yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda bir qator masalalar, jumladan, hududiy va tuman (shahar) partiya tashkilotlari faoliyati, targ‘ibot tadbirlarini olib borilishi, a’zolar sonini ko‘paytirish borasida qilinayotgan ishlar va boshqa bir qator masalalar tahliliy ko‘rib chiqildi.

Targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va ommalashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Taxiatosh, Kegeyli, Ulug‘nor, Beruniy, Romitan, Kogon, Forish, Yangiobod, Tomdi, Narpay, Pastdarg‘om, Samarqand, Oltinsoy, Uzun, Sho‘rchi, Bekobod, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Tuproqqal’a, Xiva hamda Qamashi tuman (shahar) partiya tashkilotlari jiddiy tanqid qilindi.

Partiya safiga a’zolarni jalb qilish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlarda past ko‘rsatkich qayd etgan hududiy partiya tashkilotlari ogohlantirildi.

Shuningdek yig‘ilishda, har bir tuman (shahar) partiya tashkiloti faoliyati Markaziy Kengashning maxsus ishchi guruhi tomonidan jiddiy ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Markaziy Kengashi matbuot xizmati

 

 

 

birds birds