Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 24-mavze 28, 29- uylar oldida noqonuniy daraxt kesishga urinayotgan shaxsning jamoatchilik tomonidan to‘xtatib qolingani aks etgan video lavha yuzasidan joriy yilning 8 avgust kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi N.Oblomurodov boshchiligida o‘rganish ishlari olib borilib, bu yerda istiqomat qilayotgan aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Toshkent shahri Uchtepa tumani 23-mavze
Ma’lum bo‘lishicha, Uchtepa tumani Izza ko‘chasi 219-uyda yashovchi B.Daminov aholi yashash xududi orasida qurilish qilish maqsadida yollanma ishchini jalb qilgan holda mazkur hududdagi bir tup diametri 39,4 sanimetr bo‘lgan safora daraxtini kesmoqchi bo‘lgan vaziyatda aholi vakillari tomonidan to‘xtatib qolingan.
Keskin noroziliklarga sabab bo‘lgan mazkur holat O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan nazoratga olindi.
Nazorat ishlariga ekologiya inspektsiyasi hamda profilaktika inspektori jalb etildi. Bu borada shu yilning 9 avgust kuni jamoatchilik eshituvini o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi ona tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan daraxtlarning kesilishini keskin qoralaydi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchtepa tumani hokimligi, mutasaddi tashkilotlarni mazkur holatni aholi fikrini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqishlariga chaqirib qolamiz.