calendar 25 Fevral 14:37

Deputat ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Kamolbek Jumaniyozov Xorazm viloti, Shovot tumanidagi “Royat” mahallasida joylashgan 21-umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi.

 

Ta’lim maskanidagi muammo va kamchiliklar o‘rganilib, ularga yechim topish, muammolarni hal qilish bo‘yicha choralar ko‘riladigan bo‘ldi. Shuningdek, maktab ma’muriyati maktab hududida qurilishi boshlangan, ammo yakuniga yetkazilmay qolgan bino bo‘yicha deputatga murojaat qildi. Ushbu binoning qurilishini yakunlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi kiritiladigan bo‘ldi. 

 

Bundan tashqari, deputat tomonidan prezidentimiz raisligida joriy yilning 2 - fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqqan holda atrof-muhitni asrash, o‘sib kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, “Yashil makon” umummilliy tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirishlar ham olib borildi.

Dеputat K. Jumaniyozov maktab hovlisidagi ko‘chat ekish tadbirida ham ishtirok etib, maktab bog‘iga ko‘chat o‘tqazdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

birds birds