calendar 02 Noyabr 06:45

Xazonlarni yoqmang!


Kuz fasli kelishi bilan daraxt barglari o‘zining yashil libosini tillarangga alishtirib, so‘ng to‘kilishni boshlaydi. 

 

Ayni kuz faslida aholi tomonidan manzarali va mevali daraxtlardan to‘kilayotgan  xazonlarni yoqish hollari kuzatiladi. 

 

Shu bois Yangibozor tuman partiya tashkiloti hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Yangibozor tuman inspeksiyasi bilan birgalikda "XAZONLARNI YOQMANG! " shiori ostida tuman istirohat bog‘ida ekologik xayriya  hashari  o‘tkazildi.

birds birds