calendar 28 Iyul 10:37

Konstitutsiyaviy islohotlar Uychi tumanida ham davom etmoqda

Bosh qomusimizda “Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” tamoyillarini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo‘lishini ta’minlash, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarish, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tayyorlandi. Joylarda ushbu qonun loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan turli tadbirlar davom etmoqda.

Navbatdagi davra suhbati Namangan viloyati Uychi tumani Madaniyat markazida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Xamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhtorjon Xojimatov, partiyaning viloyat, shahar (tuman) Kengashlari raislari, hamkor tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida o‘tkazildi.

Davra suhbatida konstitutsiyaviy islohotlar haqida so‘z yuritilib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasini xalqimiz, jamoatchiligimiz bilan keng muhokama qilish, Bosh qomusimizning pishiq-puxta, yanada xalqchil, xalqimiz xohish-irodasining ifodasi bo‘lishi kerakligi haqida aytildi.

Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar eng avvalo, “Inson qadri uchun”, degan tamoyilni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytiradi.

Shuningdek, muloqot davomida amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida to‘laqonli tushunchalar berilib, ushbu siyosiy jarayonda barcha birdek faol ishtirok etish kerakligi tushuntirildi.

birds birds