calendar 03 Avgust 11:02

Xato-kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitada Samarqand viloyati partiya tashkiloti faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish (ZOOM ilovasi orqali) bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hamda tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan o‘tgan olti oy davomida partiya faoliyatini rivojlantirish, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib qilish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda hududlardagi ekologik holatni yaxshilash borasida  qilingan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilab berildi.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev so‘zga chiqib, partiya faoliyati samaradorligini oshirish, jumladan, boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzish va a’zolar safini kengaytirish bo‘yicha ishlar anchayin sust ketayotganini qattiq tanqid qildi. Shuningdek, hududlardagi ekologik muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar sust ekanligi, mahalliy Kengash deputatlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilmaganini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

A’zolar safini kengaytirish, targ‘ibot tadbirlarida partiyaning maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazish kabi masalalar bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida viloyat partiya tashkiloti raisi Baxtiyor Abdullayev so‘zga chiqib, bildirilgan tanqidlardan tegishli xulosa qilinishini, partiya faoliyatini rivojlantirish, targ‘ibot-tashviqotlarni kuchaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilishini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds