calendar 21 Iyul 04:42

Qashqadaryodagi tuman (shahar) partiya tashkilotlari faoliyati tanqidiy koʻrib chiqildi

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari Abdushukur Xamzayev ishtirokida Qashqadaryo viloyatidagi tuman (shahar) partiya tashkilotlarining 2022-yilning oʻtgan 6 oyidagi faoliyati yuzasidan yigʻilish oʻtkazilib, tanqidiy tahlil qilindi. 

Tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan faoliyati davomida oqsayotgan, qoniqarsiz deb topilgan tuman (shahar) partiya tashkiloti raislariga tegishli tartibda choralar koʻrish boʻyicha xulosa qilindi.

Shuningdek, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasiga keng yetkazish maqsadida targʻibot-tashviqotlarni kuchaytirish, joylarda yangi boshlangʻich tashkilotlari tuzib, aʼzolar  sonini oshirish, targʻibot davomida partiya aʼzolari sonini koʻpaytirish, joylardagi deputatlarning faoliyatini jonlantirish masalasi yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng viloyat partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Nosirjon Xalilov soʻzga chiqib, aytib oʻtilgan tanqidiy-tahlillar yuzasidan tegishli hulosa qilinganligini, partiya faoliyatini yanada jonlashtirish, targʻibot-tashviqotlarni kuchaytirish borasida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishini aytib oʻtdi.

Yigʻilish soʻngida tuman (shahar) partiya tashkilotlari raislariga tegishli koʻrsatmalar berildi.

birds birds