calendar 19 Iyul 11:51

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini aholiga tushuntirish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. 

Unda Oliy Majlis Senati a’zolari Dilorom Toshmuxamedova, Shamansur Sagdullayev, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlari Vasila Alimova va Lobar Kabuljanovalar hamda Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputatlari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqan senatorlar D.Toshmuhamedova va Sh.Sagdullayev Konstitusiyaviy tuzatishlar, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi saylangan deputat V.Alimova O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni “Mening konstitusiyam” platformasi qabul qilayotganligi, telegram maxsus boti, shuningdek qisqa 1341 aloqa o‘rnatish raqamlari orqali o‘z fikr-mulohazalarini yuborishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, bildirilgan takliflari muhokama etildi.

birds birds