calendar 14 Oktabr 15:15

Narzullo Oblomurodov Buxoro viloyatida

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov saylovchilar bilan uchrashish maqsadida Buxoro viloyatiga yetib keldi. Nomzod dastlab Buxoro viloyat “Toza hudud” Davlat unitar korxonasiga bordi.

 

Buxoro viloyat “Toza hudud” DUK 2017 yil tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda 8 ta tuman aholisiga sanitar-tozalash xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.

 

Viloyat hududida jami 20 ta maishiy chiqindi poligonlari mavjud bo‘lib, shundan 5 ta mini poligon va 15 ta markaziy chiqindixonalar jami 120,7 ga maydonni egallaydi. Ayni paytda viloyatda aholi soni 1947,0 ming nafarni tashkil qiladi. Shundan 906,17 ming nafariga yoki 77,0 % ga mazkur korxonalar tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. 

 

Hozirgi kunda 8 ta tumanda jami bo‘lib 108 ta maxsus avtotransport vositasi bilan sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda. (82 dona maxsus avtomashina, 8 dona multilif, 6 ta samosval, 5 ta avtoyuklagich, 5 dona assenizator va 2 ta buldozer). Jismoniy va yuridik shaxslardan qattiq va maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlari sifatini yanada yaxshilash uchun “Toza hudud” DUK tarkibidagi Shofirkon, G‘ijduvon, Qorako‘l, Romitan, Peshku, Jondor tumanlari filiallari uchun 6 ta maxsus avtomashinalar topshirildi. 

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov ushbu korxona faoliyati bilan tanishib, o‘z tavsiya va takliflarini bildirib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmat

birds birds