calendar 20 Yanvar 14:52

Jamoatchilik kengashi: yangi tarkib va yangicha yondoshuv

Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda Jamoatchilik kengashining 23 nafardan iborat yangi tarkibi saylandi. Kengash a’zolari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Kamol Jumaniyozov Kengash raisi, “Ekomaktab” NNT direktori Natalya Shivaldova uning o‘rinbosari etib saylandi.

Shuningdek, tadbirda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov Qo‘mitaning kelgusidagi faoliyatini jamoatchilik bilan hamkorlikda samarali amalga oshirishda ushbu Kengash platformasining muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

 

Tadbirda Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar hududlarda, milliy bog‘ va qo‘riqxonalarda, pitomniklar ayni vaqt rejimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan onlayn axboroti tinglandi.

Tadbir yakunida Kengash a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

birds birds