calendar 25 Fevral 10:43

"Inson qadri uchun" g'oyasi amalda

Bugun Namangan viloyati Namangan tumanidagi “Chagʼir” mahallasida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi spekri oʼrinbosari Xayrullo Gapparov, tuman hokimi Sadritdin Moʼminov hamda sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul boʼlib oʼtdi. 


Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ichimlik suv tarmogʼini tortish, koʼcha va yoʼllarni taʼmirlash, elektr energiyasi yetkazib berishda eskirgan tayanchlarni yangilash kabi qator masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Muammoli masalalarga yechim topish, ularni ijobiy hal etish boʼyicha tegishli tashkilotlarga yoʼnaltirildi va koʼrsatmalar berildi. 


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada koʼkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PF-46-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash, “Yashil makon” umumilliy loyihasini samarali tashkil qilish maqsadida Namangan tumani Guldirov MFY hududidan oqib oʼtuvchi Sirdaryo daryosining chap qirgʼogʼidagi 15 gektar maydonda yangi bogʼ tashkil qilish va 25 ming tup terak va 30 ming tup pavloniya yogʼochbop daraxtini ekish rejalashtirilgan. Hozirda ushbu bogʼda 10 ming tupdan ortiq manzarali daraxtlar ekilgan. 


Sayyor qabuldan soʼng tashkil etilgan yangi bogʼdagi koʼchat ekish jarayonida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spekri oʼrinbosari Xayrullo Gapparov, tuman Kengashi deputati J. Аsqarov, tuman hokimi Sadritdin Moʼminov hamda sektor rahbarlari ishtirok etdi.

birds birds